AQSHda 12 qavatli turar-joy binosi quladi (fotoreportaj)

Olam

image

AQSHning Florida shtatining Sarfsayd shahrida 12 qavatli turar-joy binosi qulab tushdi. Natijada bir kishi halok bo‘lgan va 99 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan. Bu haqda “CBS News” xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, hodisa kecha, 24 iyun kuni ertalab sodir bo‘lgan, u haqda ma’lumotlar esa keyinroq paydo bo‘la boshlagan. Ko‘p qavatli binoning yarmi to‘liq, ikkinchisi qisman qulab tushgan. Binoning qulashi sabablari hali aniqlanmagan. 

Voqea joyida keng ko‘lamli qutqaruv-qidiruv operatsiyasi boshlangan: bunga maxsus texnika bilan bir necha o‘nlab odamlar, shuningdek, qidiruv itlari jalb qilingan. Qayd etilishicha, yiqilgan bino vayronalari ostida operatsiya davom etmoqda — qutqaruvchilar yer osti avtoturargohida ish olib bormoqda. 

AQSH Prezidenti Jo Bayden ushbu vaziyat yuzasidan favqulodda holat e’lon qilgan. Davlat rahbari shtatga federal yordam ko‘rsatishni buyurgan. Shuningdek, u Favqulodda vaziyatlarni boshqarish federal agentligiga zarur favqulodda choralarni amalga oshirishda yordam berishga hamda favqulodda vaziyat oqibatlarini yumshatish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va resurslarni o‘z xohishiga ko‘ra safarbar etishga vakolat bergan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh bino

Baholaganlar

286

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing