AQSH Janubiy Koreya bilan strategik bombardimonchi samolyot ishtirokida mashg‘ulot o‘tkazdi
Olam
−
06 mart 2023
5282Koreya Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlarining harbiy-havo kuchlari yadroviy qurol olib yurishga mo‘ljallagan B-52H strategik bombardimonchi samolyoti ishtirokida qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi. Bu haqda bugun, 6 mart kuni “Yonhap” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Seulda 13–23 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan AQSH va Janubiy Koreyaning “Ozodlik qalqoni” keng ko‘lamli manyovrlari arafasida “Pxenyanning provokatsiyalari” kuchayishidan xavotir ortgan. Buni bartaraf etish maqsadida mahalliy OAVda bombardimonchi samolyot kuch namoyishi sifatida izohlangan. B-52H Koreya yarim oroliga oxirgi marta dekabr oyida joylashtirilgan edi.
Bundan tashqari, 6 mart kuni Seul va Vashington AQSHning Osan aviabazasida Buddy Wing manyovrlarini boshlagan. Ushbu eskadron darajasidagi mashqlarda 10 ga yaqin samolyotlar, jumladan, Janubiy Koreyaning F-15K qiruvchi samolyotlari va AQSHning A-10 hujumchi samolyotlari ishtirok etgan. Joriy yilda mazkur mashg‘ulotlarning to‘qqiz bosqichda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 3 mart kuni ham manyovr bo‘lib o‘tgan, unda AQSHning strategik bombardimonchi B-1B samolyoti ishtirok etgan. Janubiy Koreya esa F-15K va KF-16 qiruvchi samolyotlarini joylashtirgan. Ushbu mashg‘ulot Seul va Vashington o‘rtasidagi qurollarni o‘z vaqtida joylashtirish bo‘yicha kelishuvlar doirasida o‘tkazilgan bo‘lib, natijada tomonlar orasidagi strategik aktivlar muvofiqlashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shimoliy Koreya AQSHning mintaqadagi harakatlariga toqat qilmasligini ma’lum qilib, Vashingtonni xalqaro qurol nazorati tizimining qulashida ayblagan edi.
LiveBarchasi