AQSH yadroviy quvvat tashuvchi ballistik raketani sinab ko‘rdi

Olam

image

AQSH yadroviy zaryad tashuvchi snaryadsiz Trident II ballistik raketasini “Ogayo” suvosti kemasida sinovdan o‘tkazdi. Mashg‘ulot Kaliforniya shtatitidagi San-Diyego shahri sohillari yaqinida o‘tkazildi.

AQSH Harbiy-dengiz kuchlari raketani USS Maine (SSBN-741) suvosti kemasidan uchirgan.

“O‘tkazilgan sinov Trident II (5DLE) raketasining ekspluatatsiyaga yaroqli ekanini tasdiqladi. Shuningdek, qurolning ishonchli, aniq va strategik salohiyati haqida qo‘shimcha ma’lumot olish imkonini berdi”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, bu sinov shu turdagi raketalar 1989 yilda foydalanishga topshirilganidan keyingi 178-si bo‘ldi. Trident II AQSH va Buyuk Britaniya harbiy dengiz kuchlaridagi yadroviy qurol tashuvchi yagona raketa hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh raketa

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing