AQSH va Janubiy Koreya qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar boshladi

Olam

image

Bugun, 4 mart kuni Koreya Respublikasi va AQSH Qurolli kuchlari 14 martgacha davom etadigan “Freedom Shield” (“Ozodlik qalqoni”) harbiy mashg‘ulotlarini boshladi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Koreya Respublikasidagi Amerika harbiy kontingenti mashg‘ulotlar davomida ular quruqlik, dengiz, havo va kiberkosmosdagi harakatlarni, shuningdek, dushman yadroviy kuchlariga javob berish uchun “kosmik aktivlar”dan foydalanishni mashq qiladi. Mashg‘ulotlar davomida BMT qo‘mondonligiga a’zo 12 davlat vakillari ham kuzatuvchi sifatida qatnashadi. “Freedom Shield” amaliy va virtual mashqlarni o‘z ichiga oladi. Mashg‘ulotlarda kompyuter simulyatsiyasidan ham foydalaniladi. 

Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasining rasmiy vakili Li Sung Jungning ma’lum qilishicha, manyovrlar davomida Shimoliy Koreyaning qanotli raketalarini aniqlash va tutib olish amaliyoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Ma’lumot uchun, yil boshida KXDR “Xvasal-2” va “Pulxvasal-3-31”  qanotli raketalarini, shuningdek, “Padasuri-6” kemaga qarshi raketalarini sinovdan o‘tkazgan. Bu yil “Freedom Shield” mashg‘ulotlari 2023 yilga nisbatan ikki baravar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Seul KXDR bilan chegara yaqinida manyovrlar o‘tkazish rejalashtirilmaganini bildirdi. Pxenyanda AQSH-Janubiy Koreyaning bunday mashqlari urushga repetitsiya sifatida baholanadi, ittifoqchilar esa manyovrlarning mudofaa xarakterini ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Janubiy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing