AQSH va Yaponiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga kelishib oldi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden va Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etish va Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishga kelishib oldi. Bu haqda Oq uy bayonot berdi.

“Biz Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashda davom etamiz va Ukrainani so‘zsiz qo‘llab-quvvatlaymiz”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Shuningdek, rahbarlar Ukrainada yadro qurolidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligini e’lon qildi. Bundan tashqari, Bayden va Kisida Koreya yarimorolini yadrosizlantirish va Tayvan bo‘g‘ozida tinchlikni ta’minlash zarurligini qayd etdi. AQSH va Yaponiya rahbarlari mamlakatlar o‘rtasida milliy xavfsizlik uchun ilg‘or texnologiyalar borasida hamkorlikni mustahkamlashni ta’kidladi.

Endi tomonlar koinot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yashil energiyaga o‘tish bo‘yicha hamkorlik qilish va iqlim inqirozini yengib o‘tish uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirishni niyat qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaponiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing