AQSH va “Tolibon” ikkinchi bor muzokara o‘tkazdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH vazirliklararo delegatsiyasi Qatarda Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan “Tolibon” harakati vakillari bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Davlat departamenti rasmiy vakili Ned Prays ma’lumot berdi.  

“Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil Tomas Uest 29-30 noyabr kunlari yuqori darajadagi vazirliklararo delegatsiyaga boshchilik qildi... Qatar poytaxti Doha shahrida “Tolibon” va texnokratik mutaxassislar bilan milliy manfaatlarga oid masalalar bo‘yicha muzokaralar olib bordi”, deyiladi press-relizda. 

Ta’kidlanishicha, Amerika delegatsiyasi tarkibida Davlat departamenti, Moliya vazirligi, USAID va razvedka hamjamiyatining vakillari bo‘lgan. 

“AQSH delegatsiyasi “Tolibon” ochiqdan-ochiq bergan va’dalarini bajarishi zarurligini ta’kidladi: Afg‘oniston hududidan hech qanday davlatga tahdidlarga yo‘l qo‘ymaslik, Amerika fuqarolari va biz uchun maxsus majburiyatlarga ega bo‘lgan afg‘onlar uchun xavfsiz chiqishni ta’minlash, barcha afg‘on fuqarolarining, shu jumladan ayollar, qizlar va ozchiliklarning huquqlarini himoya qilish”, degan Prays. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, delegatsiyalar Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni hal qilish bo‘yicha shoshilinch xalqaro sa’y-harakatlarni ham muhokama qilgan. 

Bu Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlar olib chiqib ketilgan va tinch aholini uyushgan holda evakuatsiya qilish yakunlanganidan keyin AQSH rasmiylarining “Tolibon” bilan ikkinchi uchrashuvidir. 

Eslatib o‘tamiz, birinchi uchrashuv joriy yilning 9-10 oktyabr kunlari o‘tkazilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tolibon

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing