Eron aholisiga yadroviy zarbaga tayyorgarlik böyiça ogohlantiriş berildi
Olam
−
11:00 525 3 daqiqa
Eron davlat televideniyesi mamlakatga yadroviy zarba berilgan taqdirda aholi qanday harakat qilişi kerakligi haqida maxsus ogohlantiriş berdi. Xususan, fuqarolarga portlaş vaqtida qayerga yaşiriniş, özini radiatsiyadan qanday himoya qiliş va boşpanadan qaçon çiqiş mumkinligi böyiça tavsiyalar taqdim etildi. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.
Eron davlat televideniyesi efirida aholiga quyidagi tavsiyalar berilgan:
- birinçidan, kuçli yoruğlik çaqnaşiga qaramaslik, zudlik bilan pana joyga yaşiriniş, yerga yotib, boş va yuzni qöllar bilan tösiş kerak;
- ikkinçidan, portlaş tölqini ötgaç, eng yaqin binoga kiriş lozim. Hodisani tomoşa qiliş yoki suratga oliş uçun töxtamaslik, avtomobil içiga yaşirinmaslik, deraza va taşqi devorlardan uzoqroq turiş tavsiya etilgan;
- uçinçidan, iliq suv va sovun bilan yuviniş, konditsionersiz oddiy şampundan foydalaniş kerak. Çömiliş imkoni bölmasa, yuz, qöl va oçiq teri qismlarini suv yoki nam salfetka bilan tozalaş lozim;
- törtinçidan, faqat idişdagi suv va qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalaniş, boşpanada kamida 24 soat qolişga tayyor turiş kerak. Agar bino içida yonğin çiqsa yoki uning qulaş xavfi tuğilsa, xavfsizroq joyga ötiş tavsiya qilingan;
- beşinçidan, 24 soat ötgaç ham atrof-muhitni xavfsiz deb hisoblamaslik lozim. Boşpanadan çiqiş uçun xavfsiz yönalişni aniqlaş maqsadida rasmiy e’lonlar va favqulodda xabarlarni kuzatib boriş kerak.
Uşbu ogohlantirişlar AQŞ Eronga yadroviy zarba berişi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida yangradi. Taniqli amerikalik jurnalist Taker Karlson AQŞ Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu bosimi ostida Eronga yadroviy zarba berişi mumkinligini da’vo qildi.
“Netanyaxu bosimi bilan Tramp ma’muriyati bir neça kun içida Eronga yadroviy zarba berişi mumkin”, deb yozdi Karlson 2 noyabr kuni X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
Jurnalistning ta’kidlaşiça, ehtimoliy nişon Pikaks toği bölişi mumkin. Uning aytişiça, Isroil razvedkasi Tehron uşbu hududda uranni boyitiş dasturini qayta tiklaganini tasdiqlagan.
Trampning avvalgi tarafdorlaridan bölgan Karlson ob’ekt mudofaasini yorib öta oladigan boşqa qurol yöqligini, şu sababli “yadroviy zarba yagona variant” ekanini aytgan.
Ayrim mutaxassislar bunday qaror ehtimolini keskin tanqid qildi. Siyosiy tahlilçi va Eron böyiça ekspert Vali Nasr bu haqda şunday fikr bildirdi:
“Agar bu rost bölsa, AQŞ ma’muriyati uçun juda oğir ayblovdir. Zero, bunday aqlsizlikka boşqa bir mamlakatning tazyiqi ostida qöl urilayotgani vaziyatni yanada jiddiylaştiradi”.
AQŞ Prezidenti sönggi paytlarda Erondagi ayrim ob’ektlarga zarba beriş ehtimoli haqida gapirib kelmoqda. Biroq u muzokaralar yaxşi ketayotganini ham bildirgan.
Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçining 2 noyabr kuni ma’lum qilişiça, 1 noyabr kuni Dohada Qatar vakillari bilan kelişuvga erişiş böyiça muzokaralar davom etgan. Ammo hozirça yakuniy kelişuvga erişilmagan.
Live
Barchasi