AQSH va NATO Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketishni boshladi

Olam

image

Afg‘onistondagi ba’zi xorijiy bazalarni “evakuatsiya qilish” boshlandi. Bu haqda jurnalistlarga NATO va AQSHning Afg‘onistondagi kuchlari qo‘mondoni Skott Miller ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chet el kuchlari barcha bazalarini afg‘on kuchlariga topshiradi.

Miller Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash xorijiy qo‘shinlar olib chiqib ketilganidan keyin ham davom etishini ta’kidladi.

Shuningdek, u mamlakat bo‘ylab toliblar zo‘ravonligi ko‘payganini va bu tinchlik jarayoniga ta’sir qilishi mumkinligini aytib o‘tgan.

“Agar zo‘ravonlik xorijiy qo‘shinlar olib chiqib ketilganidan keyin ham ko‘payib ketsa, bu butun mintaqaga xavf tug‘diradi”, deydi Miller.

Afg‘oniston atrofidagi vaziyat

Joriy yilning 14 aprel kuni  “Tolibon” barcha xorijiy kuchlarni Afg‘onistondan olib chiqib ketishni talab qildi.

Jo Bayden 11 sentyabrgacha Afg‘onistondagi barcha AQSH askarlarini mamlakatdan chiqarish niyatida ekanini aytgandi. Harbiylarni chiqarish ishlari may oyidan boshlanishi kerak.

OAVda AQSH ortidan uning ittifoqchisi Buyuk Britaniya ham Afg‘onistondagi harbiy kontingentini ortga qaytarishini haqida ma’lumotlar tarqaldi. Shuningdek, Gruziya ham Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqmoqchi ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda o‘ldirilgan tinch aholining 43,5 foizi “Tolibon” hissasiga to‘g‘ri kelayotgani haqida xabar berilgandi.

Keyinchalik, rasmiy Tehron “Tolibon” harakatining Afg‘onistonda Islom amirligini tuzish bo‘yicha rejalari to‘g‘risida xabardorligi va bunga aslo yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilgandi.

Turkiya, Pokiston va Afg‘oniston “Tolibon”ni “Afg‘onistonda barqaror tinchlikka olib keladigan har tomonlama muzokarali kelishuvga erishishga” sodiqligini tasdiqlashga chaqirdi.

Shundan so‘ng, Amerika Qo‘shma Shtatlari xorijiy harbiy kontingentni olib chiqish jarayoni doirasida Afg‘onistondan harbiy texnikani olib chiqishni boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing