AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari “B5+1” biznes platformasini ishga tushirmoqda
Olam
−
18 noyabr 2023
3027Amerika Qo‘shma Shtatlari va Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaning Amerika kompaniyalari bilan iqtisodiy hamkorligini mustahkamlash maqsadida davlat-xususiy muloqot uchun biznes platforma – “Business 5+1” (B5+1)ni ishga tushirmoqda. Bu haqda AQSH Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha byurosi o‘zining X sahifasida xabar berdi.
“B5+1” mintaqaviy iqtisodiy integratsiya va islohotlar, davlat-xususiy muloqot, innovatsiyalar hamda xorijiy investitsiyalar orqali iqtisodiy xavfsizlikni rag‘batlantiradi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, “B5+1” formatidagi birinchi uchrashuv 2024 yilda Olmaotada bo‘lib o‘tadi. Byuro xabarida boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Nyu-Yorkda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilarining “S5+1” formatidagi birinchi sammiti bo‘lib o‘tgandi.
LiveBarchasi