AQSH va Eron Ummonda muzokara o‘tkazadi
Olam
−
08 aprel
2352Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan 12 aprel kuni Ummonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda asosiy muzokarachi sifatida ishtirok etishini tasdiqladi. Bu haqda Aroqchi “Tasnim” agentligiga tegishli bayonot berdi.
Eronning “NourNews” agentligi xabariga ko‘ra, muzokaralarda Ummon Tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad bin Hamud al-Busaydiy ham ishtirok etadi.
Kecha, 7 aprel kuni Tramp Vashington va Tehron Eron yadro dasturi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri maslahatlashuvlar o‘tkazayotganini va 12 aprel kuni “deyarli eng yuqori darajada” davom etishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Eronning yadroviy o‘zgarishlari masalasini muzokaralar yo‘li bilan hal qilishni afzal ko‘radi.
Aroqchi AQSH Prezidentining so‘zlarini tasdiqlab, Vashington bilan muzokaraga kirishish nafaqat imkoniyat, balki Tehron uchun sinov ekanini va ular vositachilar bilan olib borilishini ta’kidladi.
“To‘p hozir Amerika maydonida”, deya qo‘shimcha qildi u.