AQSH va Britaniyaning sobiqlari uchrashdi

Olam

image

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson AQSH bo‘ylab safari chog‘ida sobiq prezident Donald Tramp bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilish uchun uchrashdi. Suhbat tafsilotlarini “The Guardian” oshkor qildi

Jonsonning matbuot kotibi Tramp bilan Ukrainaning Rossiya ustidan qozongan g‘alabasi “hayotiy zarurat” ekani muhokama qilinganini aytgan. AQSHning sobiq prezidenti bunga javoban Ukraina inqirozini “g‘alaba va mag‘lubiyat” kontekstida o‘ylamasligini bildirgan. 

"Men o‘lim bilan bog‘liq ushbu jarayonlarning butunlay to‘xtashini xohlayman. Ruslar va ukrainlar o‘lyapti”, deydi Tramp.

Sobiq rahbarlarning qayerda uchrashgani oshkor etilmagan. Jonson Trampni Kiyevni qo‘llab-quvvatlash zarurligiga ishontirishga uringan bo‘lishi mumkin.

Tramp, shuningdek, Jonson bilan suhbatda 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga tayyorligini aytib o‘tgan. Ma’lumot uchun, NBC telekanali aprel oyida o‘tkazgan so‘rovnomada, respublikachi saylovchilarning 46 foizi Trampning nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Jonson safari davomida Texasdagi respublikachi siyosatchilar va Trampning sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo bilan ham uchrashib, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilishi kerakligini aytgan. Jonson, avvalroq, Ukrainaga bir necha bor borgan va G‘arbni mamlakatga ko‘proq qurol-yarog‘ yetkazib berishga chaqirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Ukraina Boris Jonson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing