AQSH va Hindiston barcha terrorchi guruhlarga qarshi birgalikda chora ko‘rmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Amerika poytaxtida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mudofaa sanoati sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish tarafdori bo‘ldi. Bu haqda Oq uy bayonotida aytilgan.  

Hujjatda ta’kidlanishicha, Amerika rahbari mamlakatlar o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi aloqalar mustahkamligini tasdiqlagan va ilg‘or harbiy texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash niyatini bildirgan. 

“Liderlar sanoatni ilgari surish bo‘yicha hamkorlikning chuqurlashayotganini olqishladi. Shu nuqtai nazardan, ular yaqinda mudofaa texnologiyalari va savdo tashabbusi doirasida havo dronlarini birgalikda ishlab chiqish loyihasini qayd etdi va bunday sa’y-harakatlarni kuchaytirish tarafdori bo‘ldi”, deyilgan Oq uy xabarida. 

Hujjatda, shuningdek Amerika Qo‘shma Shtatlari va Hindiston “xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashayotgani” va “barcha terrorchi guruhlarga qarshi birgalikda chora ko‘rishi” ta’kidlangan. 

Ta’kidlanishicha, Bayden va Modi terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish tarafdori. Ular AQSH va Hindiston Mudofaa va Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvini “shu yilning oxirida o‘tkazish” rejasini olqishlagan. 

Hujjatda Amerika Qo‘shma Shtatlari va Hindiston “toza energetikani rivojlantirishni tezlashtirish va toza energetikaga o‘tishni yengillashtirish uchun muhim texnologiyalarni joriy etishi” qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Modi Bayden

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing