Modi hukumati Eronga xiyonat qilganlikda ayblandi
Olam
−
21:23 1620 1 daqiqa
Hindiston Milliy Kongressi yetakchisi Sonia Gandi Bosh vazir Narendra Modi rahbarligidagi hukumatni G‘arbiy Osiyo siyosatida bir tomonlama yo‘l tutganlikda aybladi. Uning fikricha, Nyu-Dehli Isroil bilan yaqinlashuvni ustuvor qo‘yib, Tehron bilan shakllangan strategik aloqalarga putur yetkazmoqda. Bu haqda APP yozdi.
Gandi qo‘shma AQSH-Isroil zarbalari ortidan Eron Oliy rahbari Ali Homanaiy nishonga olingani yuzasidan Hindistonning rasmiy munosabati sust bo‘lganini qayd etgan. U bu pozitsiyani betaraflik emas, balki tashqi siyosatdagi mas’uliyatdan chekinish sifatida baholagan. Sobiq partiya raisi Dehlining dastlabki bayonoti faqat Eronning javob harakatlariga e’tibor qaratgani, ilk zarbalar haqida esa ochiq fikr bildirilmaganini tanqid qilgan.
“Suverenitet va xalqaro huquq tamoyillari borasida aniq pozitsiya yo‘qligi mamlakatning xalqaro nufuziga ta’sir qiladi”, degan rasmiy.
Gandi, shuningdek, Eronning Chabahor porti va mintaqaviy transport loyihalari orqali Hindiston manfaatlariga qo‘shgan hissasini eslatgan. U parlament sessiyasi qayta boshlanganda hukumat pozitsiyasi ochiq muhokama qilinishi lozimligini urg‘ulagan.
Eslatib o‘tamiz, 25 fevral kuni Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ikki kunlik tashrif bilan Isroilga borgan edi.
Live
Barchasi