AQSH uzra “sirli dronlar” uchmoqda

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Nyu-Jersi osmonida, xususan, AQSH harbiy-dengiz kuchlarining qurol-yarog‘ sinov stansiyasi hududida noma’lum dronlarning qayta-qayta paydo bo‘lishidan xavotirda. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

“Harbiy ob’ektga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlar qayd etilmagan, biroq biz noma’lum dronlarning stansiya havo bo‘shlig‘iga kirib kelgan bir necha holatlarini tasdiqlashimiz mumkin”, deydi baza matbuot kotibi Bill Addison ABC News’ga.

Hodisalarning qachon sodir bo‘lgani ochiqlanmagan, biroq dronlar haqidagi ilk xabarlar noyabr oyida paydo bo‘lgan edi. Guvohlarning ta’kidlashicha, standart tijorat modellaridan kattaroq bo‘lgan dronlar kechqurun ucha boshlaydi.

Vaziyat rasmiylarni xavotirga solgan. Nyu-Jersi gubernatori Fil Myorfi shtatda strategik ahamiyatga ega ob’ektlar mavjudligi sababli bu masala jiddiy yondashishni talab qilishini ta’kidladi.

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp “sirli” dronlarni urib tushirishga chaqirdi.

“Mamlakat bo‘ylab sirli kuzatuv dronlari mavjud. Bu haqiqatan ham hukumatimiz xabarisiz sodir bo‘lmoqdami? Men bunday deb o‘ylamayman! Darhol jamoatchilikka xabar bering. Bo‘lmasa, ularni urib tushiring!” deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlarda.

Oq uy va Pentagon dronlar AQSH uchun xavf tug‘dirmasligini aytmoqda. AQSH Milliy xavfsizlik kengashi voizi Jon Kirbining ta’kidlashicha, "kuzatilgan ob’ektlarning aksariyati" "qonuniy" ishlatilgan. Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singxning aytishicha, uchuvchisiz samolyotlar chet el tashkiloti tomonidan yaratilgani yoki ular “dushman uchun” ishlagani haqida “hech qanday dalil” yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing