AQSH o‘zbekistonlik itlarga taqiq qo‘ydi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

AQSH 100 dan ortiq mamlakatlar, jumladan, O‘zbekistondan quturish kasalligi tarqalishi xavfi tufayli mamlakatga itlar olib kirishga vaqtinchalik taqiqni uzaytirdi. Bu haqda joriy yilning 25 may kuni AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazlari saytida ma’lum qilindi. 

2021 yil 14 iyulda kuchga kirgan taqiq amerikalik mutaxassislarning fikricha, hayvonlarning quturish bilan kasallanish xavfi yuqori bo‘lgan 100 dan ortiq davlatdan itlarni AQSHga olib kirishni taqiqladi. Cheklov so‘nggi olti oy ichida ushbu mamlakatlarning birida bo‘lgan itlarga ham tegishli. Federal markaz ma’murlari amerikaliklarga ro‘yxatga kiritilgan mamlakatlardan AQSHga itlarni olib kirish uchun maxsus ruxsatnomalar berishi mumkinligini ta’kidladi. 

O‘tgan yilning dekabr oyida Markaz taqiqni biroz yumshatib, Qo‘shma Shtatlarda quturishga qarshi emlangan itlarning AQSHga maxsus ruxsatsiz kirishiga izn berdi. Shu bilan birga, egalaridan amaldagi emlash sertifikatini taqdim etishlari, shuningdek, hayvonda mikrochip borligini tasdiqlashlari talab qilingan. Bundan tashqari, itlarda antitellar mavjudligini tekshirish uchun AQSH tomonidan tasdiqlangan laboratoriyalar, shuningdek, itlarni AQSHga olib kirish mumkin bo‘lgan aeroportlar ro‘yxati kengaytirildi. 

Kecha, 26 may kuni Markaz vaqtinchalik taqiqni va oldingi tuzatishlarni uzaytirdi. E’lon qilingan hujjatga ko‘ra, taqiq joriy yilning 10 iyunidan 2023 yilning 31 yanvarigacha o‘z kuchida qoladi.  AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazlari saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, itlarning quturish kasalligini yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga O‘zbekistondan tashqari Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Ukraina kirgan. Bundan tashqari, ro‘yxatga Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi o‘nlab davlatlar kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

633

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing