AQSH O‘zbekistondagi ustav kapitali 1 mln dollar bo‘lgan kompaniyani “qora ro‘yxati”ga kiritdi
Jamiyat
−
03 noyabr 2023
14238AQSH Savdo vazirligining Sanoat va xavfsizlik byurosi Rossiyadan 12 ta va O‘zbekistondan bitta kompaniyaga Amerika texnologiyalari va tovarlarini yetkazib berishni chekladi. Chunki AQSH hukumati bu tashkilotlarning xatti-harakatlari milliy xavfsizlik hamda mamlakat manfaatlari va tashqi siyosatiga zid, deb hisoblagan. Bu haqda AQSH Savdo vazirligi tomonidan e’lon qilingan hujjatda keltirildi.
AQSH rasmiylarining fikricha, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan tashkilotlar Rossiya Qurolli kuchlarini uchuvchisiz uchish apparatlarini sotib olish, ishlab chiqish va tarqatish orqali qo‘llab-quvvatlaydi. Boshqalar qatorida Rossiyaning dron ishlab chiqaruvchi ZALA Aero kompaniyasi ham ro‘yxatga kiritilgan.
Cheklovlar shuningdek quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Aeroscan MCHJ;
- "Alfakomponent" MCHJ;
- "BIK Inform" MCHJ;
- Hartis DV MCHJ;
- ID Solution MCHJ;
- OMP MCHJ ;
- "Orelmetalpolymer" MCHJ ;
- "Spel" MCHJ;
- "Spetstexnotrade" MCHJ;
- "NTC Orion" MCHJ;
- Windeq Technical Center MCHJ;
- Mvizion (O‘zbekiston).
Aeroscan ZALA Aero kompaniyasining asosiy tashkiloti bo‘lib, boshqa narsalar qatorida Rossiya kuchlari Ukrainadagi urushda foydalanadigan Lancet o‘q-dorilari va razvedkachi dronlarini ishlab chiqaradi.
O‘z navbatida, ZALA Aero Kalashnikov konserni tarkibiga kiradi. U 2015 yildan beri AQSH sanksiyalari ostida bo‘lgan va iyul oyida yana sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Konsern rahbari Vladimir Lepin ham cheklovlarga duchor bo‘lgan.
O‘zbekiston Mvizion va Rossiyaning Hartis DV kompaniyalari elektron butlovchi qismlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston korxona va tashkilotlarining yagona davlat reyestriga ko‘ra, Mvizion 2022 yil iyun oyida ro‘yxatga olingan. Kompaniyaning ustav kapitali 1 million dollarni tashkil etadi.
"BIK Inform" videokuzatuv tizimlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. U turli sohalar uchun sanoat uskunalarini yetkazib berish va joriy etish bilan shug‘ullanadi. Alfacomponent batareyalar bilan ta’minlaydi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr