AQSH Ukrainaning Rossiya hududiga zarbalarini yoqlamaydi – Oq uy

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati Ukrainaning Rossiya hududiga zarbalarini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda bugun, 30 may kuni Moskva va Moskva viloyatiga uchuvchisiz uchish qurilmalarining hujumi munosabati bilan Oq uyning Milliy xavfsizlik kengashi matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan yozma bayonotda aytildi.

Qayd etilishicha, AQSH rasmiylari sodir bo‘lgan voqealar haqida ma’lumot yig‘ishda davom etmoqda. Biroq AQSH Rossiya ichidagi Ukraina hujumlarini qo‘llab-quvvatlamaydi. Milliy xavfsizlik kengashi Vashington ma’muriyati Ukrainani o‘z suveren hududini qaytarib olish uchun zarur bo‘lgan harbiy jihozlar va Qurolli kuchlarni tayyorlash bilan ta’minlashga e’tibor qaratganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 may kuni Moskvada dron hujumi sodir bo‘ldi. Moskva meri Sergey Sobyanin hujum oqibatida bir nechta binolar zarar ko‘rganini aytdi. Rossiya Mudofaa vazirligi poytaxt Moskvaga bo‘lgan hujumda Ukrainani aybladi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, hujumda bevosita Kiyev rejimining qo‘li bor. O‘z navbatida Ukraina Prezidenti devonining maslahatchisi Mixail Podolyak mazkur ishga Ukrainaning aloqasi yo‘qligini bildirdi. Bundan tashqari, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Moskvada bo‘lgan dron hujumlariga nisbatan eng qat’iy choralarni ko‘rishga va’da berdi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa Kiyev rossiyalik fuqarolarni qo‘rqitish yo‘lini tanlaganini va bu terrorchilik faoliyatining yaqqol belgisi ekanini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Moskva Ukraina Oq uy dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing