AQSH Ukrainaga xiyonat qildi – “Forbes”
Olam
−
04 fevral
39325AQSH Ukrainaga yordamni qisqartirish va unga yana 61 milliard dollar ajratishdan amalda bosh tortish orqali Kiyevga xiyonat qildi. Bu haqda Amerikaning “Forbes” jurnali yozdi.
Qayd etilishicha, dekabr oyi oxirida AQSHning Ukrainaga ko‘rsatgan yordami tugagan va AQSH Kongressidagi respublikachilar Prezident Jozef Baydenning harbiy xarajatlarga yana 61 milliard dollar sarflash haqidagi taklifiga ovoz berishdan bosh tortganida, Ukraina artilleriya batareyalari birinchi xiyonatni his qilgan.
Shuningdek, o‘tgan yozda Ukraina artilleriyasi Rossiya artilleriyasi bilan paritet bo‘lgani, ammo bugungi kunda vaziyat keskin o‘zgargani qo‘shimcha qilingan.
“Yaqingacha, ya’ni 2023 yil yozida Ukraina artilleriyasi Rossiya artilleriyasiga teng, hatto, undan ham ustun edi. Bugungi kunda Rossiya Ukraina Qurolli kuchlariga raketa zarbalari berishda besh baravar ustunlikka ega”, deyiladi maqolada.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning bir kechada yigirmaga yaqin dron bilan Ukrainaning infratuzilmasini nishonga olishi oqibatida markaziy va shimoli-sharqiy hududlarda elektr energiyasi uzilgani haqida ma’lum qilgan edik.
LiveBarchasi