AQSH Ukrainaga 375 mln dollarlik yangi harbiy yordam paketi tayyorladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga yangi harbiy yordam paketining hajmi 375 million dollarni tashkil etishini ma’lum qildi. Bu haqda Oq uy saytida chop etilgan press-relizda keltirilgan.

Hujjatda Kiyevga 375 million dollargacha mablag‘ ajratilishi haqida xabar berilgan, u boshqa narsalar qatori ukrainalik harbiylarni tayyorlashga ketadi.

Avvalroq “Reuters” agentligi Bayden Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi ajratilishini e’lon qilgani, uning tarkibiga o‘q-dorilar, artilleriya va zirhli texnikalar borligini ma’lum qilgandi.

Pentagon matbuot xizmatiga ko‘ra, AQSH 2022 yil 24 fevraldan beri Ukrainaga 35,7 milliard dollar, Jo Bayden AQSH Prezidenti bo‘lganidan beri esa 36,9 milliard dollar harbiy yordam ko‘rsatdi.

“Politico”ning qayd etishicha, Ukrainaga 2022 yil dekabrida Kongress tomonidan tasdiqlangan 48 milliard dollarlik yordam paketidan qariyb 6 milliard dollar qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya Ukrainaga deyarli 2,7 milliard yevroga teng eng yirik harbiy yordam paketini tayyorlayotgani e’lon qilingandi. Uning tarkibiga Marder qo‘shinlarining jangovar mashinalari, Leopard 1 tanklari, Gepard o‘ziyurar zenit qurollari, o‘q-dorilar bilan IRIS-T SLM havo mudofaa tizimlari va boshqa turdagi og‘ir texnikalar kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina harbiy yordam paketi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made