AQSH Ukrainadagi mojaroni “muzlatish”ga tayyorlanmoqda – “Politico”

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH rasmiylari Ukrainadagi mojaroni “muzlatish”ning ehtimoliy ssenariysiga tayyorlanmoqda. Bu haqda “Politico” gazetasi o‘z manbalariga tayanib yozdi.

Nashrga ko‘ra, AQSHning turli departamentlari va Oq uy Ukraina mojarosining keyingi rivojlanishini muhokama qilgan. Xususan, uni uzoq vaqt davomida “muzlatish” variantlari ham ko‘rib chiqilgan.

Nashr ushbu ssenariyni eng real va ehtimoliy deb atagan, chunki tomonlar mag‘lubiyatni tan olmoqchi emas. Oq uyning fikricha, Kiyevning yaqinlashib kelayotgan qarshi hujumi Rossiyaga halokatli zarba keltirmaydi.

“Biz mojaroni uzoq muddatga “muzlatish”ni rejalashtirmoqdamiz”, deydi nashrga Bayden ma’muriyatining muhokamalari bilan tanish bo‘lgan AQSH rasmiysi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uzoq muddatli rejalashtirish ma’muriyat uchun ko‘proq ustuvor vazifaga aylanib bormoqda.

Nashrning yozishicha, hatto uzoq muddatli rejalashtirish haqidagi taxminning o‘zi ham Ukraina rahbariyatining Qo‘shma Shtatlar Kiyevga yordam berishda davom etishiga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazishi mumkin.

Gazeta manbalari Ukrainaning taxminiy qarshi hujumidan keyin jangovar harakatlar davom etishini kutmoqda. Ularning fikricha, o‘rta muddatli istiqbolda vaziyat boshi berk ko‘chaga yetib boradi, janglar davom etadi, biroq hech bir tomon muhim muvaffaqiyatga erisha olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing