AQSH uchun qaysi davlat asosiy tahdid ekani aytildi
Olam
−
22 Sentabr 2021
14409Rossiya AQSH uchun asosiy tahdiddir. Bu haqda Amerika Qurolli Kuchlari Shimoliy qo‘mondonligi rahbari Glen Van Xerk “Air Force Magazine” nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
“Rossiya bugungi kunda vatan uchun asosiy harbiy tahdid. Xitoy emas, Rossiya”, degan Van Xerk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy “uzoq muddatli tahdid”, lekin Rossiya ko‘proq harbiy kuchga ega.
“Suv osti kemalari, bombardimonchilar, qanotli raketalar va boshqalar: Rossiya asosiy harbiy tahdiddir”, deb xulosa qilgan Shimoliy qo‘mondonlik rahbari.
O‘z navbatida, Moskva boshqa davlatlarga nisbatan tajovuzkor niyati yo‘qligini bir necha bor ta’kidlagan.
Avvalroq, Pentagon qisqa muddatda Rossiya AQSH uchun Xitoydan ko‘ra katta muammo tug‘dirishi mumkinligini aytgandi.
LiveBarchasi