AQSH Turkiyani Rossiyaga qarshi qayrayapti – OAV

Olam

image

AQSH rasmiylari delegatsiyasi turkiyalik hamkasblari bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarning amalga oshirilishini muhokama qilib, Anqarani Moskvaga nisbatan keskinroq pozitsiyani egallashga ko‘ndirish niyatida. Bu haqda bugun, 19 oktyabr kuni manbalarga tayanib, “Bloomberg” agentligi xabar berdi. 

Shu hafta boshida G‘aznachilik kotibi yordamchisi Elizabet Rozenberg Anqara va Istanbulga tashrif buyurib, u yerda Turkiya Markaziy banki raisi Shahap Kavjio‘g‘li va biznes vakillari bilan uchrashdi. Bugun u Turkiya Moliya vazirligi xodimlari bilan uchrashishi rejalashtirilgan. 

Amerika delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va uning turkiyalik mavqedoshii Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Ostonada bo‘lib o‘tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida uchrashib, o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga kelishib olganidan bir hafta o‘tib amalga oshirildi. Ikki davlat energetika sohasida, shuningdek, Turkiyada gaz markazini yaratish masalasini muhokama qildi, deb eslaydi “Bloomberg”.  

Eslatib o‘tamiz, 13 oktyabr kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan Rossiya va Turkiya Prezidentlarining muzokaralarida Turkiyada gaz markazini yaratish masalasi muhokama qilingan edi. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, markazni eng qisqa vaqt ichida yaratish rejalashtirilgan, unga eng mos joy Turkiyaning Yevropa qismidagi Frakiya mintaqasidir.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Turkiya

Baholaganlar

186

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing