AQSH Turkiyaga F-16 samolyotlarini sotishni ma’qulladi

Olam

image

AQSH Davlat departamenti Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlari, modernizatsiya to‘plamlari va boshqa tizimlarni umumiy qiymati 23 milliard dollarga sotishni ma’qulladi. Bu haqda Mudofaa xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik agentligi xabar berdi.

Davlat departamentining F-16 bo‘yicha qarori Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga a’zoligini ratifikatsiya qilgandan bir kun va hujjat Vashingtonga yetkazilganidan bir necha soat o‘tib paydo bo‘ldi.

Bildirilishicha, Jo Bayden ma’muriyati o‘z qarori haqida Kongressni xabardor qilgan. Qonun chiqaruvchi organ potensial bitimni ko‘rib chiqib, uni ma’qullashi yoki bloklashi uchun 30 kunga ega.

Ma’lumot uchun, Turkiya Qo‘shma Shtatlardan 40 ta yangi F-16 qiruvchi samolyoti va xizmatda bo‘lgan yana 79 ta samolyotni modernizatsiya qilishni, shuningdek, qo‘shimcha uskunalar, navigatsiya tizimlari, qurol va o‘q-dorilar, raketalar, ehtiyot qismlar, yer terminallari va o‘quv tizimlarini so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya F-16

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing