AQSH tayyor bo‘ldi: U Eron bilan muzokara o‘tkazmoqchi
Olam
−
09 yanvar 2020
11298AQSHning BMTdagi vakili Kelli Kraft Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi o‘z-o‘zini himoya qilish huquqi ekani aytilgan xat yo‘lladi. Bu haqda “Reuters” agentligi ma’lum qildi.
Xatda AQSH xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdidni bartaraf etish uchun hech qanday dastlabki shartlarsiz Eron bilan jiddiy muzorkaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.
Xatda BMT Nizomining 51-moddasiga iqtibos keltirilgan. Moddada shaxsiy mudofaa uchun ko‘rilgan harbiy choralar haqida BMT XKni zudlik bilan ogohlantirish zarurligi belgilangan.
“Mintaqada amerika manfaatlari va fuqarolarini himoya qilish zarurati tug‘ilsa, AQSH qo‘shimcha choralar ko‘rishga tayyor”, deyiladi hujjatda.
Eslatib o‘tamiz, 3 yanvar kuni Bag‘dodda eronlik general Qosim Sulaymoniy AQSH havo zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Shundan so‘ng, Eron Amerikadan qasos olishga va’da berdi. O‘sha kunning o‘zida Amerikaning AQSHdagi elchixonasi va Badal aviabazasiga hujum uyushtirildi.
Kecha, 8 yanvar kuni esa Eron Iroqdagi ikki AQSH harbiy bazasiga raketa hujumi uyushtirdi. Natijada harbiy baza butkul vayron bo‘lgani aytildi. AQSH Prezidenti Donald Tramp hodisaga munosabat bildirib, Eronga qarshi urush bo‘lmasligini, uning o‘rniga iqtisodiy sanksiyalar kuchaytirilishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi