Eron: Qosim Sulaymoniy uchun qasos olindi

Olam

image

Eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgani uchun AQSHdan qasos olindi, rasmiy Tehron AQSH tomonidan boshqa tajovuz bo‘lmasa, yangi harbiy harakatlarga qo‘l urmaydi. Bu haqda Eronning BMTdagi doimiy vakili Majid Taxt-Ravonchiy ma’lum qildi.   

“Barcha harakatlarimiz Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishiga mutanosib bo‘ldi. Ular yakunlandi. Agar AQSH Eronga qarshi harbiy kuch ishlatmasa, biz tomondan ham bunday harakatlar qilinmaydi”, deb aytgan Eron vakili. U AQSH Prezidenti Donald Tramp Iroqdagi harbiy bazalar raketa zarbalariga uchragandan keyin bergan bayonotiga shunday izoh bergan.  

Diplomat Eron BMTning mudofaa huquqi haqidagi 51-moddasiga asosan harakat qilganini qo‘shimcha qildi. 

“Agar AQSH Eronga nisbatan harbiy harakatlar amalga oshirmasa, biz ham shunday yo‘l tutamiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Taxt-Ravonchiy.

8 yanvarga o‘tar kechasi Erondan AQSH qo‘shinlari joylashgan Iroqdagi ikkita bazaga raketalar bilan zarba berilgan. Eronda ushbu zarbalar general Sulaymoniyning o‘ldirilishi uchun qasos olinishi bo‘lgani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining "Quds" maxsus bo‘linmasining qo‘mondoni joriy yilning 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bag‘dodda AQSH havo zarbasi natijasida o‘ldirildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Eron Qosim Sulaymoniy

Baholaganlar

485

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing