AQSH Suriyadagi guruhlar orasidan yangi hamkorlar qidiryapti – WP 

Olam

image

AQSH razvedkasi Suriyada hokimiyatni egallagan isyonchi guruhlar orasidan yangi potensial hamkorlar qidirmoqda. Bu haqda “The Washington Post” nashri xabar berdi.  

“Pentagon razvedka agentliklari Suriyadagi turli jangari guruhlarining kuchini baholamoqda. AQSH va uning ittifoqchilari xavfsizlik manfaatlariga mos keladigan hamkorlarini aniqlashga harakat qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Boshqa bir mudofaa rasmiysi esa hozirda Vashington ma’muriyati va Rossiya Suriyada qoldirilgan qurollar va jihozlarni baholamoqda, deb xabar berdi. Manbaga ko‘ra, bu qurollar AQSH va uning ittifoqchilariga qarshi ishlatilishi mumkin.

AQSH Davlat departamenti vakili Mettyu Miller kecha, 9 dekabr kuni Vashington ma’muriyati vakillari Suriyadagi qurolli oppozitsiya guruhlari bilan, shu jumladan vositachilar orqali aloqada ekanligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Suriyadagi ISHID aniqlangan nishonlarga jangovar samolyotlar bilan 70 ga yaqin yuqori aniqlikdagi zarbalar berganini e’lon qilgandi. Havo hujumlari oqibatida 75 ga yaqin nishon zarar ko‘rgan. Zarbalar AQSH havo kuchlarining B-52, F-15 va A-10 samolyotlari ishtirokida amalga oshirilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing