AQSH Suriyadagi barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketdi

Olam

image

Bugun, 16 aprel kuni AQSH Suriyadagi “Qasrak” havo bazasidan oxirgi qo‘shinlarini olib chiqib ketdi. Bu haqda Suriya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH kuchlari joriy yil fevral oyining oxirlaridan boshlab “Qasrak”dan texnika va harbiy xodimlarni olib chiqishni boshlagan. Zirhli texnika va og‘ir jihozlar karvonlari qo‘shni Iroq tomon yo‘naltirilgan.

Bu jarayon AQSHning Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich qisqartirish siyosatining bir qismi hisoblanadi. Fevral oyida Suriya kuchlari Iroq va Iordaniya chegaralari yaqinidagi “At-Tanf“ bazasi hamda Hasakadagi “Ash-Shaddadi” bazasini nazoratga olgan. Mart o‘rtalarida esa Iroq chegarasi yaqinidagi “Rmelan” bazasi ham topshirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Qasrak” 2018 yildan buyon Hasakada koalitsiyaning muhim tayanch markazi bo‘lib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Suriyadagi 1000 nafar askarini to‘liq olib chiqishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya qo'shin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing