AQSH Suriyada 500 ga yaqin askarini saqlab turibdi

Olam

image

Hozirda 500 ga yaqin AQSH harbiylari Suriyaning shimoli-sharqida joylashgan. Bu haqda Bahraynda bo‘lib o‘tgan Manama konferensiyasida AQSH Qurolli  kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CYeNTCOM) rahbari Kennet Makkenzi ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda yoki haftalarda ISHIDga qarshi operatsiyalar qayta boshlanishi kutilmoqda.

Pentagon rahbari Mark Esperning ta’kidlashicha, Vashington Suriyaning shimoli-sharqidan qo‘shinlarni olib chiqishda davom etmoqda, jarayon bir necha hafta yoki undan ko‘proq davom etadi. 10 noyabr kuni AQSH shtab qo‘mondonlari qo‘mitasi raisi general Mark Milli  muxbirlariga bergan intervyusida Qo‘shma Shtatlar Suriyada 500 yoki 600 ga yaqin askar qoldirmoqchi ekanini aytgan.

AQSH Prezidenti Donald Tramp oktyabr oyi oxirida AQSH harbiylarining Suriyaning shimolidagi turk operatsiyasi hududidan olib chiqilishini e’lon qilgan, ammo rasmiy Vashington mamlakatning shimoli-sharqidagi neft konlarini nazorat qilishni saqlab qolish niyatida ekanligini ma’lum qilgan.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh IShID

Baholaganlar

45

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing