AQSH Senati Trampning harbiy vakolatlarini chekladi
Olam
−
20 may 4312 1 daqiqa
AQSH Senati Prezident Donald Trampning harbiy vakolatlarini cheklash haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Senat Trampning har qanday harbiy harakatni Kongress bilan kelishishini majburiy qiladigan qonun loyihasini ma’qullagan.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, hujjatni 50 senator qo‘llab-quvvatlagan, 47 nafar senator qarshi chiqqan. Trampning harbiy vakolatlarini cheklash uchun demokratlarning aksariyati va to‘rt nafar respublikachi senator ovoz bergan. Qarshi ovoz berganlar orasida esa respublikachilarning aksariyati va bir nafar demokrat senator bo‘lgan.
Senat ushbu qonun loyihasini ilk bor 2025 yilda, AQSHning Erondagi yadroviy ob’ektlarga zarbalaridan keyin ovozga qo‘ygan edi. Ikkinchi ovoz berish esa 5 mart kuni – AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyoti boshlanganidan bir necha kun o‘tib o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Eronga 19 may kuni rejalashtirilgan harbiy hujumni kechiktirganini ma’lum qilgandi. Trampning aytishicha, hujumdan voz kechishni undan Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Al Soniy, Saudiya Arabistoni Valiahdi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Al Saud hamda BAA Prezidenti shayx Muhammad bin Zoid Al Nahayon so‘ragan.
Live
Barchasi