AQSH Saudiyaga Mars va Oyni “sovg‘a” qilyapti

Olam

image

Saudiya Arabistonining energetika, sarmoya, aloqa va sog‘liqni saqlash vazirlari AQSH Prezidenti Jo Baydenning Qirollikka tashrifi chog‘ida amerikalik hamkasblari bilan 18 ta bitim imzoladi. Bu haqda Saudiya Arabistoni matbuot agentligi xabar berdi. 

“Kelishuvlar sarmoya, energetika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kosmik va sog‘liqni saqlash sohalarida qo‘shma hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochadi”, deyiladi xabarda.  

Aniqlik kiritilishicha, Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi Amerikaning IBM korporatsiyasi bilan hamkorlik memorandumini imzolagan bo‘lib, unga ko‘ra sakkizta innovatsion loyiha doirasida besh yil davomida 100 000 nafar yosh ayollar va erkaklar malakasini oshiradi, bu esa Qirollikni Yaqin Sharqdagi texnologiya va innovatsiyalar markazi aylantiradi

Shuningdek, AQSH Milliy Aeronavtika va Koinot boshqarmasi vakillari saudiyalik hamkasblari bilan koinot sohasida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish imkonini beruvchi bir qator shartnomalar tuzdilar. Bu esa Saudiya Arabistoniga kosmik sohada birgalikda tadqiqotlar olib borish, Oy, Mars, kometalar va asteroidlarni tinch maqsadlarda tadqiq qilish va foydalanishga tayyorlanayotgan xalqaro koalitsiyadan joy olish imkonini beradi.  

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 15 iyul kuni Isroilga safarini yakunlab, Saudiya Arabistoniga yetib keldi. U Jiddada Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

499

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing