AQSH Rossiyaning sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollari haqida maxfiy ma’lumotlarni oldi – AP 

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyaning sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollari haqida maxfiy ma’lumotlarni oldi, ular so‘nggi haftalarda hukumatning eng yuqori bo‘g‘ini vakillariga yetkazildi. Bu haqda bugun, 15 fevral kuni manbalariga tayanib, “Associated Press” agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, jamoatchilikka izoh berishga vakolati bo‘lmagan manbalar qurol hali ishga tushirilmaganini aytgan.

Qayd etilishicha, bunday qurollar har soatda milliardlab bayt ma’lumotlarni uzatuvchi AQSH sun’iy yo‘ldoshlariga jiddiy tahdid solishi mumkin.

Anonimlik sharti bilan gapirgan Kongress xodimi Rossiya qurollarining yadroviy salohiyati bor-yo‘qligi noma’lum ekanini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan mana shu imkoniyat xavotir uyg‘otmoqda.

“Associated Press”ning yozishicha, razvedka xodimlari tahdid jiddiy, ammo vahima qo‘zg‘atmasligi kerak, deb hisoblaydi.

O‘z navbatida, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning yangi qurollari haqidagi xabarlarni Kongressni Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun pul ajratishga majburlash hiylasi, deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing