AQSH Rossiyani jig‘iga tegmaslik uchun yashirincha raketa sinovi o‘tkazgani aytildi
Olam
−
05 aprel 2022
10358Amerika Qo‘shma Shtatlari joriy yilning mart oyi o‘rtalarida yashirincha gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan, biroq “Rossiya bilan keskinlikni kuchaytirmaslik” uchun bu haqda dunyoga jar solmagan. Bu haqda CNN harbiy manbaga tayanib, xabar bermoqda. Bu haqda CNN harbiy manbaga tayanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, raketa sinovi AQSH Prezidenti Jo Baydenning Yevropaga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan vaqtda bo‘lib o‘tgan.
“AQSH mart oyi o‘rtalarida gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi, biroq Prezident Jo Bayden Yevropaga safar qilmoqchi bo‘layotganida Rossiya bilan ziddiyatni kuchaytirmaslik uchun ikki hafta sukut saqladi”, deb xabar qilgan telekanal ushbu masaladan xabardor mudofaa manbasiga tayanib.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Lockheed Martin kompaniyasining Hypersonic Air-breathing Weapon Concept (HAWC) raketa loyihasi versiyasini ishga tushirgan. Raketa sinovi B-52 bombardimonchi samolyotidan amalga oshirilgan.
Avvalroq, Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya bilan yadroviy sohadagi munosabatlar keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Minuteman III qit’alararo ballistik raketasi sinovini bekor qilgani aytilgandi.
LiveBarchasi