AQSH Rossiyani o‘g‘rilikda ayblayapti
Olam
−
19 Sentabr 2020
11360AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiyaning gipertovushli qurollari haqida gapirdi. U Rossiyani AQSH sobiq Prezidenti Barak Obama ma’muriyatidan bunday texnologiyalar haqida ma’lumot olib, so‘ng qurollar yaratganlikda ayblamoqda.
"Ularning gipertovushli raketasi bor, men uni "super-puper" deb atayman. U oddiy raketadan besh baravar tezroq harakatlanadi. Bizda ham yuqori tezlikda harakatlanuvchi raketa mavjud", dedi u Minnesota shtatidagi saylovoldi mitingda.
"Ammo Rossiya bu ma’lumotni Obama ma’muriyatidan olgan, Rossiya bu malumotlarni o‘g‘irlagan. Siz bu haqda bilasizmi? Rossiya ushbu ma’lumotni o‘g‘irlab, keyin raketa yaratdi", dedi Amerika rahbari.
Joriy yil may oyining o‘rtalarida AQSH Prezidenti Vashington "super- puper raketa" ishlab chiqarayotganini e’lon qilgandi. U "dunyodagi eng tezkor" raketa bo‘lishi aytilgan. O‘sha paytda Tramp bu mavzuda gapirib o‘tirmagan.
Shu kunlarda, Qo‘shma Shtatlar bir necha bor gipertovushli qurol ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiya va Xitoydan orqada qolganligini tan olyapti. Pentagon rahbari Mark Esper 2020 yilda gipertovushli qurollar ishlab chiqarishni moliyalashtirish ikki baravar oshirilishini aytgan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, shu kunlarda harbiylar manfaati uchun to‘qqizta loyiha amalga oshirilmoqda. Bir nechta prototiplarning parvoz sinovlari 2020 yilga rejalashtirilgan.
Avvalroq, Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlarida hech kim bilmagan qurol tizimlari mavjudligini aytgandi. Prezident Qo‘shma Shtatlar yangi yadroviy qurol tizimini ishlab chiqqani, u na Rossiya va na Xitoyning qurollar tizimiga o‘xshamasligini aytgan.
LiveBarchasi