AQSH Rossiyaga kiberhujumlar bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiyani kiber kosmosdagi jinoyatchilikka qarshi kurashishga chaqirdi. Bu haqda “Lenta” xabar bermoqda.

Diplomat Moskvani “Colonial Pipeline” bilan bog‘liq vaziyatni eslatib, jinoyatchilarning Rossiya bilan aloqasi borligini ta’kidladi. 

“Kiberhujum uchun javobgar guruh va uning rahbarlari Rossiyada. Shuning uchun Rossiya tomoni bunday kiberhujumlarning to‘xtashiga ishonch hosil qilishi kerak deb o‘ylayman”, deydi u.

Xabarga ko‘ra, Blinken dunyoda pul undirish maqsadida kiberhujumlar tahdidi kuchaymoqda, degan xulosaga kelgan. Uning ta’kidlashicha, har bir mamlakat jinoyatchilarga qarshi turish va yangi xurujlarning oldini olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishi shart.

“Colonial Pipeline” — Qo‘shma Shtatlardagi eng yirik quvur operatorlaridan biri. 8 may kuni kompaniya to‘lov dasturining virusi hujumiga uchraganini e’lon qildi. Amerika ommaviy axborot vositalari kiberhujum ortida Rossiyaga aloqador xakerlar guruhi va ularning DarkSide hamjamiyati turgani haqida xabar berdi. 19 may kuni quvurning to‘liq yopilishini oldini olish uchun kompaniya bosh direktori tajovuzkorlarga pul to‘lagani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing