AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda – “Reuters”

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar chog‘ida Moskvaga bosimni kuchaytirish maqsadida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorladi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, yangi iqtisodiy sanksiyalar paketi bank va energetika sohalarida cheklovlarni o‘z ichiga olishi mumkin.

Agentlikning yozishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi yangi cheklov choralarini joriy etishga rozi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Avvalroq AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Amerika ma’muriyati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilmayotgani, chunki u Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish jarayoniga xavf tug‘dirmoqchi emasligini ma’lum qilgandi.

24 aprel kuni Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish imkoniyati haqidagi savolga “bir hafta ichida” javob berishni ma’qul ko‘rishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Kit Kellogg “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida AQSH Ukrainaga mojaroning tugatilishi bo‘yicha 22 ta aniq shartni taqdim etgani va Kiyev ularni qabul qilganini, Ukraina Rossiya tomonidan amalda nazorat qilinayotgan hududlardan voz kechishga tayyor ekani, biroq bu yuridik jihatdan tan olinmasligini aytgandi

Trampning o‘zi esa 29 aprel kuni ABC News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin davom etayotgan hujumlarga qaramay, Ukrainadagi urushni to‘xtatmoqchi ekanini, Putin uni hurmat qilgani uchun butun Ukrainani egallamaganini aytdi. AQSH Davlat departamenti rasmiy vakili Temmi Bryus brifingda AQSH endi Ukraina bo‘yicha uchrashuvlar uchun dunyo bo‘ylab “uchmasligi”ni ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing