AQSH Rossiya nazoratidagi Zaporoje va Qrim “katta”lariga sanksiya qo‘lladi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim Respublikasi prokurori o‘rinbosari Sergey Bulgakovni hamda Qrimda istiqomat qiluvchi bir qator sudyalarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda kecha, 15 sentyabr kuni AQSH Moliya vazirligi matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytiladi.

AQSH vazirligiga ko‘ra, Qrimdagi prokurorlar va sudyalar “ko‘pincha siyosiy asoslangan qarorlar qabul qilganlar, adolatli sud kafolatlarini hurmat qilmaganlar, diniy va etnik ozchiliklarga nisbatan adolatsiz harakatlar qilganlar”. Bulgakovdan tashqari ro‘yxatga sudyalar Andrey Dolgopolov, Mixail Belousov, Viktor Mojelyanskiy, Mariya Yermakova va Pavel Krillo ham kirdi. AQSH Moliya vazirligi bayonotida, Vashingtonning Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olmaslik siyosatiga muvofiq, respublika rasmiylari vakillari “ukrainaliklarga nisbatan qonunbuzarliklarni sodir etayotgan okkupantlar hokimiyati” deb ataladi.

Shuningdek, AQSH Moliya vazirligi “Rossiya FXX xodimi, Ukrainaning Qrim mintaqasida noqonuniy faoliyati uchun Ukraina hukumati tomonidan qidiruvga berilgan Dmitriy Gramashovga nisbatan ham sanksiyalar joriy etdi.

Cheklovlar Amerika fuqarolariga “qora ro‘yxat”ga tushgan shaxslar bilan har qanday hamkorlikni taqiqlaydi. AQSHda yuqoridagi shaxslarning mulki aniqlangan taqdirda xatlanadi.

AQSH shuningdek, Ukrainaning Rossiya tomonidan egallangan Zaporoje viloyati ma’muriyati rahbari Yevgeniy Balitskiy, Zaporoje viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogovga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh sanktsiya

Baholaganlar

46

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing