AQSH Rossiya chegaralarida harbiy vahima qo‘zg‘atyapti – Lavrov

Olam

image

AQSH Rossiyani har tomondan harbiy bazalar bilan o‘rab olib, harbiylarda vahima uyg‘otmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“Qo‘shma Shtatlar bizni har tomondan o‘zining harbiy bazalari bilan o‘rab olgani, hattoki maktab o‘quvchisiga ham ayon, bu vahima uyg‘otishi tabiiy (Rossiya chegaralarida - tahr.)”, deydi vazir.

Kiyev va G‘arb davlatlari so‘nggi vaqtlarda Rossiya qo‘shinlarini Ukraina bilan chegaraga “joylashtirayotgani”dan xavotirda ekanini bildirmoqda.

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva o‘z hududida xohishiga ko‘ra qo‘shinlarini joylashtirmoqda bu hech kimga tahdid solmaydi va hech kimni bezovta qilmasligi kerak. Shu bilan birga, u chegaralari beqaror mintaqaga ega bo‘lgan har qanday davlat o‘z xavfsizligi uchun zarur choralarni ko‘rishini aytgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, AQSHning o‘zi va uning NATOdagi ittifoqchilari oxirgi paytlarda Qora dengizdagi harbiy faolligini sezilarli darajada oshirgan. Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Rossiya chegaralariga o‘z qo‘shinlarini joylashtirishga harakat qilmoqda, shuningdek Vashingtonning maqsadlaridan biri Ukrainani harbiy jihatdan rivojlantirishdir. Vazirlik esa buni AQSH Donbassdagi mojaro harbiy yo‘l bilan hal qilinishidan umidvor bo‘lib, vaziyatni o‘rganmoqda, deb hisoblaydi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

426

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing