AQSH Rossiya bilan sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollar masalasini gaplashib oldi

Olam

image

AQSH Rossiya bilan sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollardan foydalanish bo‘yicha muzokaralar olib borgan. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi. 

Unga ko‘ra, Amerika rasmiylari Rossiya tomonini kosmosda qurol joylashtirmaslik haqida “ogohlantirgan”.

Nashrning yozishicha, sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollar bo‘yicha suhbat AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan va Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov o‘rtasida kechgan. Bundan oldin ham Jeyk Sallivan va Yuriy Ushakov Ukrainadagi harbiy amaliyotlar mavzusida bir necha bor yakkama-yakka gaplashib olgandi.

Bundan tashqari, nashr manbalariga ko‘ra, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns va Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin o‘rtasida ham yopiq eshiklar ortida suhbat bo‘lib o‘tgan. 

Ma’lumot uchun, 15 fevral kuni Oq uy rasmiylari Kapitoliyda kongressmenlar bilan “milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid” haqida yopiq brifing o‘tkazgandi. Unda Rossiyaning sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurol tizimini ishlab chiqayotgani muhokama qilingan. Ertasi kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden xavotirlanishga asos yo‘qligi, Rossiya AQSHga yadroviy tahdid sola olmasligini aytib chiqdi. 

SNN telekanali esa Amerika razvedkasi sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollar haqidagi ma’lumotlarning oshkor etilishidan norozi bo‘lgani haqida xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH rasmiylari Rossiya yadro qurolini koinotga joylashtirishi mumkinligini aytgandi.

Otaboyeva Madina


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing