AQSH razvedkasi koronavirus haqida bir yil oldin bilganmidi? Tramp javob qaytardi

Olam

image

AQSH razvedka hamjamiyati Xitoyning Uxan shahrida koronavirusning tarqalishi haqidagi ma’lumotni 2019 yil noyabr oyidayoq bilanligi haqidagi gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda bugun, 10 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi o‘z sahifasida ma’lum qildi.

8 aprel kuni ABC telekompaniyasi AQSH Milliy razvedka markazi o‘tgan yilning noyabr oyida Oq uyni koronavirusning inson salomatligiga, shuningdek, biznesga zararli ta’siri haqida ogohlantirganini xabar qilgan edi.

“Bu ABC'ning yolg‘on yangiliklari. Ular bu fantastik hikoyani nashr etishda xato qilishayotganini bilishgan!”, deb yozgan Tramp.

Kecha, 9 aprel kuni Milliy tibbiy razvedka markazi ham “OAV 2019 yil noyabrda koronavirus bilan bog‘liq hisobotlar haqidagi paydo bo‘lgan ma’lumotlar noto‘g‘ri”, ekanligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp

Baholaganlar

563

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing