AQSH Prezidentligiga yangi nomzod paydo bo‘ldi. U – reper
Olam
−
06 iyul 2020
9815Amerikalik xonanda Kane Uest yana bir bor AQSH Prezidentligi uchun kurashish niyatida ekanligini e’lon qildi. Ammo bu safar u qator muammolarga duch keldi. Bu haqda “USA Today” xabar bermoqda.
Musiqachi mustaqil nomzodlarning imzolarini topshirish sanasini o‘tkazib yuborgani aniq bo‘ldi. Chunki ba’zi shtatlarda bu faqat 25 iyungacha amalga oshirilishi mumkin edi. Ushbu ro‘yxatga Indiana, Men, Nyu-York, Shimoliy Karolina, Texas va Nyu-Meksiko kiradi.
Biroq reperda barcha hujjatlarni to‘plash uchun 4 sentyabrgacha muddat bor. Ammo u o‘z nomzodligini faqat Michigan, Pensilvaniya, Viskonsin va Arizonada ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
"Biz Amerikaning umidlarini Xudoga ishonib, dunyoqarashimizni birlashtirib, kelajagimizni qurish orqali amalga oshirishimiz kerak. Men Oq uy rahbari lavozimiga harakat qilaman", dedi Uest.
LiveBarchasi