AQSH Nigerdan qo‘shinlarini to‘liq olib chiqib ketdi
Olam
−
16 Sentabr
3865Qo‘shma Shtatlar Afrika davlati rasmiylari talablariga muvofiq Nigerdan qo‘shinlarini o‘z vaqtida olib chiqishni yakunladi. Bu haqda CNN xabar berdi.
“Qo‘shma Shtatlar Mudofaa vazirligi va Niger Respublikasi Milliy mudofaa departamenti Amerika kuchlari va jihozlarining Nigerdan olib chiqib ketilishi tugallanganini e’lon qiladi. Kontingentni olib chiqish asoratlarsiz amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.
Nashrga ko‘ra, avgust oyi boshida AQSH Agadesdagi (Niger) harbiy bazasini yopgan. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha paytda 20 ga yaqin odam Amerikaning qolgan harbiy texnikasini olib chiqib ketishni ta’minlash uchun Nigerda qolgan.
Ma’lumot uchun, AQSH qo‘shinlarining Nigerdan olib chiqilishi Afrika davlati hukumati mart oyida harbiy hamkorlik bo‘yicha kelishuvni qoralaganidan keyin boshlangan. 30 avgustda nemis kontingenti ham mamlakatdan olib ketilgan. Keyinchalik Qo‘shma Shtatlar o‘z harbiylarini G‘arbiy Afrika mamlakatlari – Gana, Kot-d’Ivuar va Beninda qayta joylashtirish imkoniyatlarini izlashini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Niger va Chaddan amerikalik harbiylarning asosiy qismi olib chiqilishini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi