AQSH Misrga HAMASni yo‘qotish bo‘yicha hamkorlikni taklif qildi

Olam

image

Misr HAMASni yo‘q qilishda ishtirok etish niyatida emas. Bu haqda "The Wall Street Journal" xabar berdi.

Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Byorns bilan uchrashdi. MRB rahbari Abdulfattoh as-Sisiga Falastinda yangi hokimiyat tayinlanganiga qadar, G‘azo sektorida xavfsizlikni nazorat qilishni taklif qilgan. 

Nashrning ma’lum qilishicha, Byorns Qohiraga tashrifi chog‘ida Misr rahbari va Misr Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Abbos Kamel bilan asosan HAMAS masalasini muhokama qilgan. As-Sisi uzoq suhbatlardan so‘ng, AQSH vakiliga uning mamlakati HAMASni yo‘q qilishda ishtirok etmasligini aytib, bu Misrda ham notinchliklarga olib kelishini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq, as-Sisi idorasi Byorns bilan uchrashuvda tinch aholini himoya qilish uchun o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azo aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish haqida gaplashmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgandi. O‘z navbatida, Byorns joriy inqirozni bartaraf etish maqsadida Misr ma’muriyati bilan hamkorlik davom ettirilishini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Misr falastinliklarni G‘azo sektoridan Sinay yarimoroliga ko‘chirish g‘oyasini qat’iyan rad etgandi. Keyinroq AQSHning aralashuvi bilan bunga rozi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Misr HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing