AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori ogohlantirish berish uchun Moskvaga bordi
Olam
−
06 noyabr 2021
15000AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns joriy haftada Moskvaga tashrif buyurgan. Bundan maqsad — Rossiyaga Qo‘shma Shtatlar Rossiya qo‘shinlarining Ukraina chegarasi yaqinida to‘planishini diqqat bilan kuzatayotganini tushuntirish bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, AQSH razvedka agentligi rahbari Kremlning bu boradagi niyatlarini tushunishi kerak bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Berns Moskvadagi uchrashuvlarda Rossiya Federatsiyasini har qanday hujumkor operatsiyalarni o‘tkazish bo‘yicha rejalardan ogohlantirishga uringan va Qo‘shma Shtatlar Rossiya qo‘shinlarining barcha harakatlarini juda diqqat bilan kuzatib borayotganini ta’kidlagan.
Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev va Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin bilan muzokaralar o‘tkazgan Moskvadagi uchrashuvlardan so‘ng, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilgan. U Rossiya Federatsiyasi harakatlaridan Amerika ma’muriyatining xavotirini yetkazgan va Ukraina rahbarini Rossiya qo‘shinlari faoliyatini diqqat bilan kuzatishga ishontirgan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 3 noyabr kuni Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Amerika ommaviy axborot vositalarining Rossiya Ukraina chegarasiga qo‘shinlarini joylashtirayotgani haqidagi xabarlarini soxta kampaniya deb atagan.
LiveBarchasi