AQSH Markaziy Osiyoning qudratli bo‘lishi uchun yordamga tayyor – Baydenning odami

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar hozirgi geosiyosiy o‘zgarishlar sharoitida mintaqaning iqtisodiy qudratini mustahkamlash uchun Markaziy Osiyo davlatlari bilan konstruktiv sherik bo‘lishni xohlaydi. Bu haqda AQSH Prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Rossiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori Nikolas Berliner Qozog‘istonning Olmaota shahrida ma’lum qildi. 

“Biz global geosiyosatda katta tebranishlar kuzatilayotgan bir davrda yashayapmiz, Markaziy Osiyo bu siljishlarning markazida turgani uchun buni yaxshi his qiladi va hozir oson vaqt emas. Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyoga barqarorlikni va iqtisodiy qudratini oshirish imkonini beradigan eng konstruktiv hamkor bo‘lishni istaydi”, deydi Berliner Markaziy Osiyo va AQSH hukumatlari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi B5+1 forumida so‘zlagan nutqida.  

Maxsus yordamchi mintaqa iqtisodiyotini mustahkamlash uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida hamkorlik qilish, aloqadorlikni oshirish, bozorlarni mustahkamlash va ushbu mintaqa barqarorligini oshirish uchun AQSH va boshqa mamlakatlardan sarmoyalarni jalb qilish imkoniyatlari mavjudligini urg‘uladi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, B5+1 platformasi “Markaziy Osiyo geografiyasidan tashqariga chiqadigan” mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning katalizatoridir. 13-15 mart kunlari Olmaota shahrida B5+1 forumi bo‘lib o‘tadi.  

Avvalroq, 2023 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida Markaziy Osiyo va AQSH (C5+1) davlat rahbarlari sammiti chog‘ida AQSH Prezidenti Jo Bayden C5+1 Iqtisodiy hamkorligi doirasida yangi biznes-platforma yaratilishini ma’lum qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Osiyo C5+1

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made