AQSH ko‘plab davlatlar fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi

Olam

image
Dunyoda global iqtisodiy inqiroz boshlandi north_east

Dunyoda global iqtisodiy inqiroz boshlandi

AQSH hukumati COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi fonida dunyoning ko‘plab davlatlari fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti Twitter`dagi sahifasida ma’lum qildi.

Tashkilot davlatlarning aniq nomini keltirmagan. Viza berish imkoniyat darajasida tez qayta tiklanishi ta’kidlangan, biroq taxminiy sanalarni ham ko‘rsatmagan.

Davlat departamenti elchixonalar va konsulliklar ish rejimini bilish uchun ularning saytidan tekshirishni tavsiya qilgan.

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 219 338 nafarga yetdi. Bemorlarning 85 745 nafari davolangan, 8969 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh viza

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing