AQSH kuchlari Suriyaga havo hujumi uyushtirdi

Olam

image

Kecha, 23 mart kuni AQSH harbiylari Suriyadagi Eron inqilob qo‘riqchilari korpusi bilan aloqador nishonlarga bir qator havo hujumlarini boshladi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur harakat javob zarbasi bo‘lib, bunga kecha, 23 mart kuni Suriya shimoli-sharqidagi AQSH boshchiligidagi xalqaro aksilterror koalitsiyasi bazasiga uchuvchisiz havo qurilmasi orqali uyushtirilgan hujum oqibatida bir amerikalik pudratchi halok bo‘lgani, besh nafar amerikalik askar va yana bir amerikalik pudratchi yaralangani sabab qilib ko‘rsatilgan.

“Prezident Jo Baydenning ko‘rsatmasi bilan men AQSH Markaziy qo‘mondonligiga bugun kechqurun Suriya sharqida Eron inqilob qo‘riqchilari korpusi bilan aloqador guruhlar tomonidan foydalaniladigan ob’ektlarga aniq havo hujumlari uyushtirishga ruxsat berdim”, degan AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin.

Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, aniq zarbalar amerikalik harbiy xizmatchilarni himoya qilish maqsadida amalga oshirilgan. Qo‘shma Shtatlar kuchayish xavfini cheklash va yo‘qotishlarni minimallashtirish uchun mutanosib va oqilona choralar ko‘rgani qayd etilgan. 

“Prezident Bayden aniq ta’kidlaganidek, biz xalqimizni himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘ramiz va har doim o‘zimiz tanlagan vaqt va joyda javob qaytaramiz. Hech bir guruhning bizning qo‘shinlarimizga zarbasi javobsiz qolmaydi”, degan Pentagon rahbari.

Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, ikki nafar jarohatlangan askarga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan, uch nafar askar va bir pudratchi Iroqdagi koalitsiyaning tibbiyot muassasalariga yotqizilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Suriyadagi aeroportga zarba bergan edi. Suriya Mudofaa vazirligi hujum O‘rta Yer dengizidan amalga oshirilganini ma’lum qilgan bo‘lsada, qurbonlar va ko‘rilgan zarar haqida hech narsani ochiqlamagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya Eron havo hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing