AQSH Koreya, Vetnam, Iroq, Yugoslaviyaga tovon to‘lashi kerak – Medvedev

Olam

image

Ukrainaga yetkazilgan zararlar reyestrini yaratish, shuningdek, Kiyevga tovon to‘lash mexanizmini shakllantirish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilgan Birlashgan Millatlar Tshakiloti Ukraina Koreya, Vetnam, Iroq, Yugoslaviya va amerikaliklardan zarar ko‘rgan boshqa mamlakatlarga yetkazilgan zarar uchun Qo‘shma Shtatlar tomonidan tovon to‘lashni talab qilishi kerak. Bu fikrni 14 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining Telegram-kanalida bildirdi. 

“Ular Koreya, Vetnam, Iroq, Yugoslaviya va boshqa ko‘plab amerikaliklar va NATO qurbonlariga yetkazilgan zarar uchun AQSH tomonidan to‘liq tovon to‘lash bo‘yicha xuddi shu tavsiyani qabul qilsinlar”, deydi Medvedev BMTda Rossiyaning Ukrainaga yetkazgan zararini qoplash mexanizmini yaratish zarurligi haqidagi ovoz berishni izohlab.

Shuningdek, u Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkilotisiz ham yashay olishiga shama qildi.

“Aks holda, bu asosiy xalqaro yarashuv instituti sifatida BMTning azoblari boshlanishiga o‘xshaydi. Oxiri butun xalqaro hamjamiyat uchun og‘riqli bo‘ladi. Biz BMTSiz ham yashay olamiz”, deb xulosa qildi Medvedev. 

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Rossiyaga qarshi rezolyutsiyaning qabul qilinishini G‘arbning Rossiyaning muzlatilgan mablag‘laridan foydalanish istagi bilan bog‘ladi.  

“Anglo-sakslar Rossiyaning noqonuniy olib qo‘yilgan aktivlarini o‘g‘irlash uchun qonuniy asos yaratishga harakat qilishmoqda”, deb yozadi u. 

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi Rossiya bilan urush oqibatida Ukrainaga yetkazilgan zararlar reyestrini yaratish, shuningdek, Kiyevga tovon to‘lash mexanizmini shakllantirish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. 

“Ukrainaga qarshi tajovuz munosabati bilan huquqbuzarliklarni bartaraf etish va tovon to‘lash to‘g‘risida”gi hujjatga 94 davlat ovoz berdi, 14 davlat qarshi bo‘ldi, 73 davlat betaraf qoldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Medvedev Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

178

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing