AQSH Kongressida raketa bilan zarba beriladigan Rossiya hududlari xaritasi ko‘rsatildi

Olam

image

AQSH Kongressi Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasi rahbari Maykl Makkol AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenni Kiyevga Rossiya hududiga Amerika qurollari bilan zarba berish taqiqini bekor qilishga chaqirib, unga AQSH tomonidan taqdim etilgan ATACMS raketalari bilan qoplanishi mumkin bo‘lgan Rossiya hududi xaritasini ko‘rsatdi. Jarayon C-SPAN telekanalida  translyatsiya qilindi.

“Bu ruslar tomonidan yaratilgan taqiqlangan hudud bo‘lib, u yerga Ukraina chegarasiga juda yaqin artilleriya va raketa tizimlarini joylashtirishadi, keyin ukrainaliklarga hujum qilish uchun foydalanishadi”, deydi Makkol Tashqi ishlar qo‘mitasida.

Shu munosabat bilan respublikachi kongressmen Blinkendan Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiya hududiga zarba berishni taqiqlovchi siyosatni qayta ko‘rib chiqishni so‘radi. Biroq Davlat kotibi bunday qarorlarni Ukraina tomoni qabul qilishi kerakligini aytib, javob berishdan qochdi. Shuningdek, u Kongress Kiyevni zarur qurol-yarog‘ bilan ta’minlashiga umid bildirdi, buning uchun Makkol uning gapini to‘xtatib, bunday zarbalarga taqiqni Kongress o‘rnatmaganligini va shundan so‘ng uni bekor qilishga chaqirganini aytdi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq bir guruh qonunchilar AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatidan Ukrainaga Rossiya hududiga Amerika qurollaridan foydalangan holda zarbalar berishga ruxsat berishni talab qilgandi.

Habib Jo‘raboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Rossiya Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing