AQSH Kiyevga hisob beryaptimi? (video)

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH tomoni so‘nggi kunlarda Moskvada bo‘lib o‘tgan bir qator uchrashuvlar haqida Kiyevga ma’lumot berganini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 28 avgust kuni Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

“Bugun Amerika tomoni bizga shu kunlarda Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar haqida ma’lumot berdi. U yerda bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvlardan oldin biz gaplashdik va endi yana Amerika tomoni bilan gaplashdik”, degan Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina AQSHning Rossiya bilan muloqotdagi “zarur ohang”ini hamda keyingi qadamlarni muvofiqlashtirishga urinayotganini qadrlaydi.

“Ma’lumot va Rossiya bilan suhbatning zarur ohangi uchun tashakkur. Biz qadamlarning uyg‘unligini va Amerika nima qilish kerakligi hamda nimaga erishish kerakligi haqida realistik tasavvurni ilgari surayotganini qadrlaymiz”, degan Ukraina Prezidenti.

Shuningdek, Zelenskiy Rossiya urushni tugatishi kerakligini va buning uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishi lozimligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 avgust kuni AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Retkliff Rossiya poytaxti Moskvaga e’lon qilinmagan muzokaralar uchun borgan edi.

Shundan so‘ng, Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktorining Moskvaga tashrifi ikki mamlakat maxsus xizmatlari o‘rtasidagi aloqalar bilan bog‘liq bo‘lganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin ham Jon Retkliff bilan Moskvada uchrashganini tasdiqlagandi.

Kecha, 28 avgust kuni esa AQSH Prezidenti Donald Tramp Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Retkliffni Moskvaga maxfiy safarga shaxsan o‘zi yuborgani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing