AQSH qo‘shinlarining bir qismini Nigerga qayta joylashtiradi
Olam
−
08 Sentabr 2023
3985Qo‘shma Shtatlar Nigerdagi qo‘shinlari va harbiy texnikasining bir qismini Niameydagi 101-havo bazasidan Agadesdagi 201-havo bazasiga ko‘chiradi. Bu haqda Pentagon xabarida keltirilgan.
Pentagon vakili Sabrina Singx bu harakatni ehtiyot chorasi deb atagan.
"Hududda amerikalik xodimlarga bevosita tahdid yo‘q", deydi Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singx.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 101-bazada kichik guruh xodimlar qoladi.
“Vashington mamlakatda 1100 ga yaqin askarni joylashtirgan, biroq ularning qanchasi transferda ishtirok etishi noma’lum”, deb xabar bergan “Reuters” agentligi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyi oxirida Nigerda davlat to‘ntarishi o‘tkazilgan, Prezident Muhammad Bazum hokimiyatdan ag‘darilgandi. U va uning oilasi isyonchilar tomonidan qo‘lga olindi. ECOWAS esa Abdurahmon Chiani boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilardan Bazumni ozod etish va hokimiyatni saylangan prezidentga qaytarishni talab qildi. Shundan so‘ng, AQSH qo‘shinlarining bir qismini mamlakatdan
Aks holda Nigerga harbiy intervensiya qilishni ham istisno etmasligini bildirdi. 19 avgust kuni esa ECOWAS davlatlari Bosh shtablari rahbarlari harbiy aralashuv uchun kun belgilaganini e’lon qildi. Shundan so‘ng Nigerdagi isyonchilarni qo‘llab-quvvatlayotgan Mali va Burkina-Faso hukumatlari Niameyga jangovar samolyotlarini yuborgan.
LiveBarchasi